Toshkentda qizil chiroqdan o‘tgan «Nexia» avtobusni ag‘darib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida, «Beruniy» metrosi oldidagi chorrahada katta tezlikda kelayotgan «Nexia» avtobusni urib ag‘darib yuborgani haqida video tarqalgan edi. IIV YHXBB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7-mart kuni soat 23:40 larda «102» tizimiga tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Olmazor tumani, «Forobiy» va «Beruniy» ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan A.E. o‘z boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobilda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib chiqishi oqibatida, yashil chiroqda harakatlanayotgan haydovchi, 1960 yilda tug‘ilgan I.V. boshqaruvidagi «Isuzu» (8-avtobus saroyiga tegishli) rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi 35 yoshli A.E. va yo‘lovchi, 29 yoshli N.K.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter