Toshkentda yosh qiz xitoylik erkakning umriga zomin bo‘ldi
Toshkentda psixotrop modda ta’sirida bo‘lgan 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan Xitoyning 38 yoshli fuqarosini (erkak) rashk tufayli pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi qiz protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter