Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 27 yashar qiz qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 27 yashar qiz qidirilmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB

1993-yilda tug‘ilgan Yuldasheva Dilorom Ergash qizi joriy yilning 4-mart kuni soat taxminan 11:00da Uchtepa tumani, Xurshid maxallasida joylashgan ish joyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketgan.

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, o‘rtacha gavdali, sochi uzun jigarrang. Qo‘lida oq rangli ayollar sumkasi bo‘lgan.

Egnida: qora kurtka, qora rangli shim, qora rangli krossovka bo‘lgan.

«Hurmatli fuqarolar! Agar siz Yuldasheva Dilorom haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz» deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring