Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilayotgani aytildi

Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilayotgani aytildi

Soliq qo‘mitasi soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan 6 ta onlayn taksi agregatorlari ma’lumotlariga tayanib, Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu agregatorlar orqali yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarga tegishli bo‘lgan 199,1 mingta avtomobil mavjud bo‘lib, shundan 64 foizi Toshkent shahrida harakatlanadi.

Jumladan, poytaxtda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarning hududlar kesimidagi ulushi quyidagicha:

  • Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) – 54,6 foiz;
  • Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) – 17,9 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) – 5 foiz;
  • Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) – 3,3 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring