Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Plug and play ochiladi

Toshkentda Plug and play ochiladi

O‘zbekistonlik startaplarni qo‘llash uchun Plug and play Toshkentda ochiladi. Bu haqda AKT vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

«Plug and play startaplarni saralab, ularni o‘sishiga yordam beradi, katta korporatsiyalar bilan bog‘laydi hamda venchur kapital sarmoyalarini jalb etishga ko‘maklashadi. Bu kabi unikal ekotizimni bizda ham tashkil etilishi yoshlarimizning yangi startaplari orasidan UNICORN darajasigacha chiqqan loyihalar bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi deb umid qilamiz», — deb yozadi vazir.

Eslatib o‘tamiz, AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya AQShda bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring