Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mamlakatda yagona piyodalar uchun osma ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda

Toshkentda mamlakatda yagona piyodalar uchun osma ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati

Toshkent shahridagi «Navro‘z»  madaniyat va istirohat bog‘i qurilishi doirasida Anxor kanali yaqinida mamlakatimizda yagona bo‘lgan piyodalar uchun osma ko‘prikni bunyod etish ishlari yakunlanyapti. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu inshootning bosh rejasi Rossiya Federatsiyasining «Sankt-Peterburg Giprostroymost instituti»  aksiyadorlik jamiyati mutuxassislari tomonidan O‘zbekiston qurilish talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Ko‘p pog‘onali ko‘prik ikkita xalqadan iborat bo‘lib yuqoridan qaraganda cheksizlik belgisini anglatadi. Ushbu inshoot orqali piyodalar «Navro‘z»  madaniyat va istirohat bog‘iga va Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga borishlari, shuningdek bu yerda dam olishlari ham mumkin.

Asosiy qurilish anjomlari, shuningdek yordamchi butlovchi qismlar alohida buyurtma qilinib, tayyor xolda yurtimizga olib kelingan.

Ushbu loyihani bunyod etishda «O‘zbekiston temir yo‘llari»  aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Ko‘prikqurilish»  tresti unitar korxonasi, Kapital qurilish direksiyasi mutaxassislari, Rossiya Federatsiyasining «Kurganstalmost» yopiq aksiyadorlik jamiyati, «MostoStroyInjiniring»  MChJ va boshqalar tashkilot vakillari hamkorlikda ishtirok etishmoqda. Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini nazorat qilish maqsadida chet el mutaxassislari ham jalb qilingan.   

 Ko‘prikni bunyod etish, uning dizayn loyihasi, ish jarayoni yuz foiz investorlar va aksiyanerlar bo‘lmish «Transmashxolding»  yopiq aksiyadorlik jamiyati, «Ural tog‘-kon metallurgiya kombinati»  ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilmoqda.

 Piyodalar uchun osma ko‘prik xayriya investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, bundan tashqari Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilish ham ko‘zda tutilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring