Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Oltin markazi» nazoratchisi kaltaklandi: IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Toshkentda «Oltin markazi» nazoratchisi kaltaklandi: IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bezorilik ishi bo‘yicha poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 23-avgust kuni Chilonzor tumanidagi «Oltin markazi» oldida 1984 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh nazorati xodimlari avtoturargohda joy yo‘qligini ma’lum qilishgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan.

Shundan so‘ng A.Sh. o‘zining tanishlari 1986-yilda tug‘ilgan S.Sh., 1982-yilda tug‘ilgan R.N., 1979-yilda tug‘ilgan M.Sh., 1989-yilda tug‘ilgan S.M.larni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘tarishgan. «Oltin markazi»da qorovul bo‘lib ishlovchi 1986-yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981-yilda tug‘ilgan A.K.larni urgan vaqtida, markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995-yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Natijada ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I.ni urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring