Toshkentda nurli diagnostika sohasi muhokama qilindi
M. Fedorovich nomidagi klinik sanatoriyda shu kunlarda «O‘zbekiston Respublikasida nurli diagnostika rivojlanishining dolzarb masalalari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya va Niderlandiyadan nurli diagnostika sohasining tajribali vrachlari va MRT va KTni qo‘llash bo‘yicha mutaxassislar qatnashdi.
Konferensiyaning asosiy mavzusi – kompyuter va magnit-rezonans tomografiya sohasida yangi amaliyot va yechimlarni joriy qilish bo‘ldi. Ikki kunlik tadbir davomida ishtirokchilar zamonaviy nurli diagnostikaning nazariy jihatlarini muhokama qilibgina qolmay, yuksak texnologik jihoz qanday ishlashini amalda ko‘rishga ham muvaffaq bo‘ldilar.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kunida ishtirokchilar spektral KTning yurak va tayanch-harakat apparatini tekshirishda, onkologik amaliyotda u qanday qo‘llanilishi mumkinligi haqida so‘z yuritdilar, shuningdek MRT yordamida murakkab diagnostik vazifalarni hal qilish usullarini tahlil qildilar.
Ikkinchi kun mutaxassislar qiziqarli klinik holatlarni tahlil qildilar va innovatsion tibbiy jihoz va dasturiy ta’minot amaliyotda qanday qo‘llanilishining shohidi bo‘ldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter