Toshkentda noqonuniy tamakining yirik partiyasi qo‘lga olindi

Noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxsdan 736,1 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.X. “Monza” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan “Ubbc” hamda “Velo” nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro S.O.ga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, A.X.ning ko‘rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda Toshkent shahri, Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi 2 ta savdo do‘koni hamda 2 ta xonadondan umumiy bahosi 736,1 mln so‘mlik 52 turdagi tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter