Toshkentda Nexia 3 «osilib qoldi»

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, bugun, 17 iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi Tapoich yo‘l o‘tkazgichida 2002 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter