Toshkentda «NEXIA 2» olib qochildi

Toshkent shahrida 2022-yil 15-sentyabr kuni soat 05:00larda noma’lum shaxs transport vositasini olib qochadi.
U Shayxontohur tumani «Gulobod» mahallasida joylashgan 41-sonli maktab binosi oldida qarovsiz qoldirilgan, 37 yoshli U.Ch.ga tegishli «NEXIA 2» rusumli avtomashina eshigini six yordamida ochib, avtomashinaning o‘t oldirish moslamasida qoldirilgan kaliti yordamida o‘t oldirib, haydab ketadi.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari davomida, shu kunning o‘zida, soat 11.30larda mazkur avtomashina Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan «Korzinka» savdo markazi oldida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, haydovchining shaxsi tekshirilganda, u Toshkent viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli A.S. ekanligi aniqlangan va qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: ushbu turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter