Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Neksiya» yuk mashinasi tagiga kirib ketdi

Toshkentda «Neksiya» yuk mashinasi tagiga kirib ketdi

Bugun, 3 oktyabr kuni soat 10:30 larda Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Nexia 1 rusumli avtomashinasi haydovchisi bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Gazel» rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilib avariyaga uchradi.

YTH natijasida Nexia 1 haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohat olgan hamda tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ular shifokorlar nazoratida.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB  hamda xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring