Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda muz yo‘lda YTHga uchragan «KIA K5» avtomobili yonib ketdi

Toshkentda muz yo‘lda YTHga uchragan «KIA K5» avtomobili yonib ketdi

Yunusobodda «KIA K5» avtomobili to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi va unda yong‘in chiqdi.

Joriy yilning 16 yanvar kuni soat 00:20 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasida haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan B.R. «KIA K5»  rusumli transport vositasini yo‘l qatlami muzlaganini hisobga olmasdan boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketishi natijasida avtoulov yonib ketgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring