Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda milliy taomlar festivali tashkil etiladi

Toshkentda milliy taomlar festivali tashkil etiladi

Foto: «O‘zA»

Har yilgi «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (904-son, 05.11.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yildan boshlab Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti ko‘magida har yili noyabr oyi uchinchi haftasining chorshanba-juma kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Yarmarka doirasida «Ipak yo‘li ta’mi» milliy taomlar festivali va «Sharq bozori» ekspozitsiyasi tashkil etiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2020-yildan boshlab har yili yarmarka boshlanishidan kamida 6 oy avval, yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish uchun pullik asosda ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlov asosida jalb etadi.

Yarmarkani o‘tkazish doirasida ishtirokchilarning xalqaro aviareyslar, ovqatlanish, yashash va reklama materiallarining ko‘rgazma stendlarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlari ishtirokchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring