Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtomashina olish orzusidagi yuzlab kishi aldandi

Toshkentda  avtomashina olish orzusidagi yuzlab kishi aldandi

Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi noqonuniy topilgan mablag‘larni legallashtirish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro U.P. va boshqalar 2022 yilda «I.A.» va «A.A.»  MChJni tashkil etishib, 188 nafar fuqaroga muddatli to‘lov asosida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha lizing shartnomasi asosida jami 9,8 mlrd so‘mini dastlabki to‘lov sifatida qabul qilishib, shundan 138 nafar fuqaroga avtomashina olib bermasdan, mijozlarning jami 946,2 mln so‘mini plastik kartalariga o‘tkazib naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, «S.R.» MChJ mas’ul shaxslari 98 nafar fuqaro bilan muddatli to‘lov asosida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan lizing shartnomasi asosida jami 4,7 mlrd so‘mini dastlabki to‘lov sifatida qabul qilishib, shundan 1,5 mlrd so‘mini MChJni norasmiy boshqarib kelgan N.T. va boshqalarning plastik kartalariga o‘tkazib naqdlashtirib olganliklari hamda 462 mln so‘mni «R.A.» MChJning nizom jamg‘armasini shakllantirish uchun o‘tkazib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) va  243-moddasi(jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring