Toshkentda kuchli shamol asoratli bo‘ldi — vazirlik
Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga olib keldi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etidishicha, bugun Toshkent shahri va viloyatida kuzatilgan kuchli shamol natijasida bir necha hududlardagi daraxt shoxlarining sinishi oqibatida ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga (simlarning daraxt shoxlari bilan uzilib tushishiga) olib kelgan.
«Buning natijasida, Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda elektr tarmoqlari filiallarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter