Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ko‘chaga niqobsiz chiqqan 773 kishi jazoga tortildi

Toshkentda ko‘chaga niqobsiz chiqqan 773 kishi jazoga tortildi

Foto:«Xabar.uz»

Avvalroq, IIV matbuot xizmati aholiga murojaat bilan chiqib, endilikda karantin qoidalarini mensimaslik jiddiy choralarga sabab bo‘lishini aytib o‘tgan edi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-aprel kuni 773 kishiga nisbatan jamoat joylarida niqobsiz yurganligi uchun bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 

Shuningdek, o‘rnatilgan cheklovlar haqida ogohlantirish yuzasidan tuzilgan bayonnomalar soni 818 tani tashkil etadi. 

Eslatib o‘tamiz, 18-aprel sanasidan boshlab O‘zbekistonda karantin qoidalari kuchaytirildi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring