Toshkentda «Kaptiva» trotuarda piyodani urib ketdi
Joriy yilning 9-iyul kuni chamasi soat 18.00da Toshkent shahar KXAYning Chilonzor tumanidagi qismida haydovchi J.B. (1966-yilda tug‘ilgan) o‘zining «Kaptiva» rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, trotuardan kelayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada G.T. (1968-yilda tug‘ilgan) chap oyoq boldir suyagi singan tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter