Poytaxtda isitish mavsumi 15-oktyabrdan boshlanadi

15-oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’yektlarga, 17-oktyabrdan ko‘p qavatli xonadonlarga issiqlik ta’minoti yetkazib beriladi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020-2021-yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdan issiqlik uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda. Endilikda iste’molchi isitilgan har bir kv.m uchun pul to‘lashi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter