Toshkentda ikki yoshli bola uy ichida qulflanib qoldi
Toshkentda uy ichida qulflanib qolgan ikki yoshli bola qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 2-iyun kuni soat 18:31 da Toshkent shahar FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Yakkasaroy tumanidagi ko‘p kvartirali uyning xonadonlaridan biri eshigi qulflanib, xonadonda 2 yoshli bolaning qolib ketganligi, shuningndek, oshxonadagi gaz plitasi ham yoniq qolganligi bo‘yicha tashvishli xabar kelib tushgan
Xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolani ota-onasiga sog‘-salomat topshirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter