Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikki firma uy oldi-sotdisida 800 kishini chuv tushirgan. IIV jabrlanganlarni qidiryapti

Toshkentda ikki firma uy oldi-sotdisida 800 kishini chuv tushirgan. IIV jabrlanganlarni qidiryapti

Toshkent shahrida fuqarolarga ko‘p qavatli uylarni shartnoma orqali muddatli to‘lov asosida sotish bilan shug‘ullangan «IN-FIN-STROY-INVEST» va «CREDIT HOUSE» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga olingan.

Bu haqda IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ma’lum qildi.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 800 nafar fuqarolar jabrlanuvchi deb topilgan bo‘lib, umumiy 209 mlrd 263 mln so‘m zarar aniqlangan.

«Ishga aloqador 5 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, tergov harakatlari davom etmoqda», – deb yozadi G‘iyosov.

Ma’lum qilinishicha, har ikki firmadan jabrlangan fuqarolar uchun hozirda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor shtab tuzilgan. Murojaatchilar IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosi (Toshkent shahri Taras Shevchenko ko‘chasi, 62. tel.: 71 231-31-45) da har kuni soat 09-00dan 21-00ga qadar qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring