Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda IIBB xodimlari maktab o‘quvchilarining yirik janjalini oldini olishdi

Toshkentda IIBB xodimlari maktab o‘quvchilarining yirik janjalini oldini olishdi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 10-iyul kuni taxminan soat 20.30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shaxrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘planganligi hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilishayotganligi, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan.

IIBB ma’lum qilishicha, hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘nlab voyaga yetmaganlarni – 8,9,11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bahslashayotganligini aniqlashgan. Sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini o‘rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMB ga olib kelingan.  

Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma’lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganligi sabab bo‘lgan.

Toshket shahar IIBB xodimlari voyaga yetmaganlar bilan ro‘y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berishib, ularning ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazishgan.

Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring