Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda homilador ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Toshkentda homilador ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 34 yoshli B.M. (ayol)da 5-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va 6-iyul kuniga qadar u poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan.

SSV xabariga ko‘ra, 6-iyul kuni bemor shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, kasallik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorda 24 haftalik uchinchi homiladorlik bo‘lgan va asoratlangan akusherlik anamnezi, kamqonlik kabi hamroh kasalliklar bilan og‘rigan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring