Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda haydovchining yonidan qurol chiqdi

Toshkentda haydovchining yonidan qurol chiqdi

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

2023 yil 12 fevral kuni soat 01:30 larda, Shayxontohur tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari kichik serjant J.Temirov, safdor Q.Zikirovlar tomonidan Laylitug‘on ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi to‘xtatilgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan N.T. boshqaruvidagi KIA rusumli avtomobil to‘xtatilib, hujjatlarni tekshirish davomida haydovchining o‘zini tutishi YPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan.

Xolislar ishtirokida haydovchi ko‘zdan kechirilganda qo‘l sumkasi ichidan pnevmatik qurol topilgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan pnevmatik qurol Shayxontohur tumani IIO FMB ga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring