Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda havo ifloslanishi «o‘rta» va «yaxshi» darajada ekani aytildi

Toshkentda havo ifloslanishi «o‘rta» va «yaxshi» darajada ekani aytildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrida havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanishi «o‘rta» va «yaxshi» darajada. Bu inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tabiat resurslari vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetov ma’lum qildi.

Mamlakatimizning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar – chang miqdori yuqori hisoblanadi.

Toshkent shahrida o‘rnatilgan 15 ta nuqta orqali havo sifati o‘rganilganda ifloslanish «o‘rta» va «yaxshi» darajada ekanligi aniqlandi.

Olingan tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori me’yor darajasidan ortiq holatlar aniqlanmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring