Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda harorati ko‘tarilgan bemorlar bo‘yicha chaqiruv kamaygan — Maxsus komissiya a’zosi

Toshkentda harorati ko‘tarilgan bemorlar bo‘yicha chaqiruv kamaygan — Maxsus komissiya a’zosi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Respublika Maxsus komissiyasi a’zosi Feruza Hamroboyeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi borasida aholidan kelib tushgan savollar yuzasidan javob qaytarildi:

— Tez yordam chaqiruvlari kun sayin oshib borayapti, degan ma’lumot to‘g‘rimi?

— Ikki kungi (28 va 29-iyul) tahlil shuni ko‘rsatdi-ki, Toshkent shahri bo‘yicha harorati ko‘tarilgan bemorlar bo‘yicha chaqiruv 1,2 martaga kamaygan.

—Keksa yoshdagi odamlarda koronavirus nimasi bilan xavfli?

— Ularda morbid-yondosh kasalliklar ko‘pligi, modda almashinuvini sustligi, immun tizimini faol emasligi, har xil asoratlarga olib kelishi muqarrar.

— Tez yordam kelib bemorni olib ketyapti va joy yo‘q deb yana qaytarib olib kelyapti. Nega?

— Bunday vaziyatlar  hukumat topshiriqlari, xususan SSV buyruqlarini bajarmaslikning yaqqol ko‘rinishi.

Vaholangki, agar bemor haqiqatdan ham  statsionar yordamga muhtoj bo‘lsa tez yordam brigadasi uni statsionarga joylashtirishi kerak.

Agar bemor o‘pkasini rentgenografiyasida kasallik alomatlari bo‘lmasa yoki boshqa tashxis muolajalari qilinib, bemor uy sharoitida davolanishi mumkin degan xulosa qilinsa uyga qaytarilgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring