Toshkentda giyohvand moddalarni reklama qiluvchi banner olib tashlandi
Toshkent shahridagi qator ko‘chalarda o‘rnatilgan reklama bannerlarida giyohvand moddalar sotiladigan saytga olib kiruvchi QR-kodlar tasvirlangani aniqlangandi. Jurnalistlarning murojaatidan kelib chiqib, Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu holat nazoratga olindi.
«Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga ko‘plab nashrlarning jurnalistlaridan poytaxt ko‘chalaridagi bannerlarda giyohvand moddalar va psixotrop vositalarning yashirin reklamasi ketayotgani to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmoqda.
Sizga shuni ma’lum qilamizki, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limining giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo‘limiga jurnalistlarning murojaatlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Yashnobod tumaniga o‘rnatilgan banner olib tashlangan. Ayni vaqtda bu turdagi bannerlarni o‘rnatishga buyurtma bergan shaxslar va bannerlar reklama beruvchi tomonidan xatolik tufayli yoki ataylab o‘rnatilgani aniqlanmoqda», — deyiladi IIBB xabarda.
IIBB matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumotlar haqida batafsil xabar berilishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter