Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda gaz ta’minoti idorasi xodimlari qo‘lga olindi

Toshkentda gaz ta’minoti idorasi xodimlari qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 13-oktyabr kuni uch nafar shaxs o‘zlarini Sergeli tuman gaz ishchilari sifatida tanishtirib, xonadonlardan birida noqonuniy o‘rnatilgan isituvchi bug‘ qozon va pol isitish tizimini aniqlab, jarima 8 million so‘mni tashkil etishini aytishgan.

Akt tuzmasdan masalani hal qilib berishni bahona qilib, mazkur shaxslar xonadon egasidan 300 AQSh dollari miqdorida noqonuniy pul mukofotini talab qilib, oldindan to‘lov tariqasida 520 000 so‘m olib ketishgan. Shundan so‘ng tumangaz ishchilari muntazam ravishda fuqarodan qolgan 250 AQSh dollarini talab qilib yurishgan.

21-oktyabr kuni taxminan soat 13.00 da tezkor tadbir davomida Toshkent shahar IIBB JQB iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamkorligida «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minotining Sergeli filiali xodimi 30 yoshli Nursulton B.ni 250 AQSh dollari olish vaqtida qo‘lga olishdi.

Shuningdek, o‘z ish hududlariga qarashli bo‘lmagan manzillarni tekshirib, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilgan «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minotining Sergeli filiali xodimlari 30 yoshli Davronbek M. va 27 yoshli Hamidullo A.lar ashyoviy dalillar asosida surishtiruvga jalb qilindilar.

To‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining tuman bo‘limiga yo‘naltirildi. Tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring