Toshkentda «dom» qurayotgan kran qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birida kran qulab tushgani aks etgan videotasvir taqaldi.
Poytaxt FVB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, haqiqatda bugun, 19-noyabr taxminan soat 11:20 larda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Choshtepa ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning qurilish jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilayotgan yuk ko‘tarish krani qulab tushgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari va tegishli tashkilotlar mas’ullari yetib borgan. Hozirda vaziyat tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter