Toshkentda dahshatli YTH. «Spark» tiklab bo‘lmas darajada pachoqlanib ketdi (video)
Kecha tunda xalq tilida «16-gor bolnitsa» deb ataluvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va Janubiy vokzal oralig‘ida dahshatli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda voqeaga guvoh bo‘lgan manbalar «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, katta tezlikda harakatlangan «Spark» rusumli yengil mashina avtomobillarni yuvish shoxobchasidan chiqayotgan «Kaptiva»ga kelib urilgan. Oqibatda har ikki avtomobilga jiddiy shikast yetgan. Hodisa oqibatida uch kishi — har ikki avtomobil haydovchisi va «Spark» yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olgan va shifoxonaga olib ketilgan.
«Spark» avtomashinasi xuddi g‘ijimlangan gugurt qutisini eslatardi, — deydi voqeaga guvoh bo‘lgan «Xabar» manbasi. — Hodisa sodir bo‘lgach, 20-30 kishi yordamga shoshdi. Mashina eshiklari pachoqlanib ketgani uchun uni ochishning imkoni bo‘lmadi. Odamlar yo‘lovchi va haydovchini orqa eshikni sindirib tortib olishdi».
Tahririyatdan: Shu o‘rinda yurtimizdagi barcha avtotransport egalari hamda haydovchilardan yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilish, yo‘llarda ogoh va hushyor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Ayniqsa, bayram arafasida hushyorlikni oshirish, spirtli ichimliklarlar iste’molidan tiyilish sizni o‘z ko‘zlagan manzilingizga eson-omon yetib borishingizga yordam bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter