Toshkentda «Cobalt» ona va bolani urib yubordi

3-dekabr kuni 1973-yilda tug‘ilgan V.I. «Cobalt» rusumli avtomobilni Zulfiyaxonim ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar: 1991-yilda tug‘ilgan Z.P. va uning farzandi 2016-yilda tug‘ilgan K.M.ni urib yuborgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Natijada piyoda Z.K. tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Farzandi K.M.ning ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter