Toshkentda bosqinchilik yuz berdi
![Toshkentda bosqinchilik yuz berdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1657798894.jpg)
Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 27-oktyabr kuni soat 21.45 da ikki nafar noma’lum shaxslar niqob va qo‘lqoplar taqib hamda pichoqlar bilan qurollanib 42 yoshli Muzaffar T. va 27 yoshli Dilmurod R.lar bo‘lgan ustaxonaga kirishdi.
G‘arazgo‘ylar Dilmurodni bir necha bor urib, qo‘rqitib, undan 8.300 AQSh dollarini olishgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi («Bosqinchilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar aniqlanib, 38 yoshli Isroil A. va muqaddam sudlangan 39 yoshli Rahmatilla S.lar qo‘lga olindilar. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter