Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bosqinchilik qilgan ayol va erkak 6 yil o‘tib ushlandi

Toshkentda bosqinchilik qilgan ayol va erkak 6 yil o‘tib ushlandi

Toshkent shahrida 2014-yilning 16-iyul kuni tunda noma’lum erkak va ayol otvyortka va tosh bilan qurollanib, Olmazor tumani Beruniy B-1 dahasida 38 yoshli B.X. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirishadi.

Ular B.X.ning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uning bosh qismiga o‘zlari bilan olib kelgan tosh bilan urib, unga tegishli bo‘lgan 100.000 so‘m miqdordagi pullarni olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, holat yuzasidan Olmazor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi, «a,b» bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat bo‘yicha jabrlanuvchining so‘zidan jinoyat sodir etgan ayolning sub’yektiv portreti (fotorobot) tuzilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni sodir etgan ayol 35 yoshli G.A. ekanligi aniqlanib, ushlangan hamda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan «garov» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, ayblanuvchi G.A. ning jinoiy sherigi Navoiy viloyatida tug‘ilgan 28 yoshli T.S. ekanligi aniqlangan. T.S. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsesual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring