Toshkentda bo‘ri deya otib o‘ldirilgan jonivor it bo‘lib chiqdi

Yashnobod tuman ma’muriy sudi Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi qutqaruv xizmati xodimlarini bo‘ri deya faraz qilingan itni o‘ldirishda aybdor deb topdi.
«Gazeta.uz»ning yozishicha, jonivor bilan bog‘liq video ijtimoiy tarmoqlarda 18-iyun kuni chiqqan edi. Sud uni o‘ldirgan B.Sharapov va A.Mannapovga Ma’muriy kodeksning 111-moddasi bo‘yicha jazo tayinladi. Unga ko‘ra, ayblanuvchilar eng kam ish haqi miqdorining 3 baravari (608190 so‘m) miqdorida jarima to‘laydilar.
Mazkur xodimlar itni o‘ldirishni istamaganliklari ammo o‘z xizmati vazifalarini bajarishga majbur bo‘lganliklarini ta’kidlagan. Ular itni quturgan deya faraz qilganlarini va odamlarni tishlashga harakat qilganini aytishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter