Toshkentda bolasini pullayotganlar ushlandi

Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgan ayol, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Natalya F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari prokuratura xodimlari bilan birgalikda tezkor tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirdilar. Natijada, Natalya F. u bilan birga yashovchi 24 yoshli Aleksandr Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida qo‘lga olindilar.
To‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter