Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bolalar maktabga onlayn qabul qilinadi

Toshkentda bolalar maktabga onlayn qabul qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini sifatini va shaffofligini oshirish maqsadida bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini raqamli transformatsiyasi loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil senyabr oyida qabul qilingan «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda. Hujjat asosida 2019-yil 1-martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.

Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazida maktab direktorlari ishtirokida oraliq natijalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida bolalarni maktabga qabul jarayonining yangi modeli taqdim etildi. Yangi model xizmat ommabopliligi korrupsion omillarni kamaytirish imkoniyatini yaratadi.

Uchrashuv davomida ota-onalar va vasiylar bolalarni maktabga joylash jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklar muhokama etildi. Asosiy kamchiliklardan biri bu qabul jarayonining shaffof emasligidir, ya’ni ota-onalarda jarayon haqida, uning muddatlari, kerakli hujjatlar, mikroxududlar sxemalari haqida ma’lumotlari yo‘q. Ba’zi qabul jarayonlari – suhbat yoki tibbiy ma’lumotnoma – normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topmagan. Ota-onalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan arizani qisqa vaqt topshirilishi kerakligi ham savollar uyg‘otadi. Shu bilan birga taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar sonini qisqartirish kerak.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida loyihaning ishchi guruhi amaldagi bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini va xalqaro tajribani o‘rgandi hamda ushbu xizmatni ko‘rsatishning yangi modelini ishlab chiqdi.

Mutaxassislar ota-onalarni qabul jarayoni va uning reglamenti, mikrohududlarni belgilash va tasdiqlash huquqini hududiy xalq ta’lim boshqarmalariga hamda maktab yoshidagi bolalarni ro‘yxatga olishni esa mahalla organlariga topshirishni taklif etdilar. Mahallalar ma’lum bir mikrohududlarda yashovchi bolalar sonini aniqlaydilar. Ekspertlar normativ-huquqiy baza, axborot tizimlarini tayyorlash va bolalarni maktabga qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni yig‘ish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish taklifini berdilar.

Ishlab chiqilgan «Bolalarni davlat umumta’lim muassasalariga qabul» ma’muriy reglamentiga ko‘ra, 2019-yilning 1-martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Birinchi bosqichda yangi qabul modeli Toshkent shahridagi 81 maktabda joriy etiladi. Keyinchalik yangi mexanizm Toshkent va mamlakatimizning barcha viloyat maktablarida ham joriy etiladi.

Bolalarni maktabga qabul xizmatini raqamlashtirish natijasida qabul uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan qadamlar oltitadan to‘rtta qadamgacha qisqaradi. Shu bilan birga taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar kamayadi. Xizmat aholi uchun sodda va qulay bo‘ladi. Loyiha amalga oshirilishi taqdim etilayotgan xizmat sifatini va ommabopligini, aholining xalq ta’limi tizimiga ishonchining oshishiga, hamda korrupsion omillarni kamaytirishga olib kelishi lozim.

Uchrashuv doirasida ishtirokchilar paydo bo‘lishi mumkin xavflar va cheklovlarni hamda bolalarni maktabga qabulini takomillashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarni muhokama etdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring