BMTning Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2018 yilning 12-13 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi «Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlarni amalga oshirish va monitoring qilish: Markaziy Osiyoning beshta mamlakatlari, Ozarbayjon va Gruziyani qo‘llab-quvvatlash» mavzusida ikki kunlik halqaro yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlari vazirlik va idoralarining 70 dan ortiq mutaxassislari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari G‘ayrat Xidoyatov o‘z nutqida 2018 yil 20 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №841-sonli Qarori qabul qilinganligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur qaror O‘zbeksitonni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 70-rezolyusiyasini bajarish bo‘yicha aniq tarafdori ekanligini bildiradi.
BMT GJBning Markaziy Osiyodagi vakili Ashita Mitall xonim o‘z nutqida BMT GJB transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishda BRM 16ning, shuningdek OITS epidemiyasini yo‘q qilish, shu jumladan giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar o‘rtasida, psixotrop moddalarga bo‘lgan bog‘liqlikni davolash va uning profilaktikasini yaxshilash, shu jumladan giyohvandlik moddalarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, sog‘liqni saqlash xizmatlarini umumiy qamrovini ta’minlashda BRM 3ning maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot tayyorlash va monitoringni amalga oshirishda Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Xonim Mitall o‘z nutqini davom ettirib, BMT GJB mamlakatda BMT GJBning faoliyat sohasiga kiruvchi 16 va 3 maqsadlar doirasida BRMning milliy indikatorlarini monitoring qilish tizimlari dastlabki ko‘rsatkichlarini aniqlash soxasida mamlakatlarni qhllab-quvvatlovchi BMTning boshqa agentliklari, xususan BMTning rivojlanish dasturi, YuNISEF va Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan ham yaqindan hamkorlik qilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Axborot yig‘ish va monitoringni amalga oshirish sohasidagi mavjud qiyinchiliklar sharoitida bir qator manfaatdor tomonlarning tadbirda ishtirok etishi hukumatlar va BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasi kabi Global kun tartibidagi masalaga bo‘lgan umumiy mas’uliyati va tarafdorligini aks ettiradi.
BMT GJB faoliyatini mintaqadagi mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularga zamonaviy amaliyot, ekspertlarning bilimlari, vositalar va metodikalar taqdim etish orqali amalga oshiradi.
BMT GJBning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining umid qilishicha, o‘tkazilgan tadbir 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasi kabi Kun tartibidagi masala doirasida 16-maksad va 3-maksadlarning samarali monitoringi masalalarida o‘zaro aloqa tarmoqlarini shakllantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maydonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Tajriba almashinuvi bilan bir qatorda ishtirokchi mamlakatlarning yuqori vakillari va mutaxassislari extiyojlarning ikki turini aniqlash, xususan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasi kabi Kun tartibidagi masala buyicha erishilgan natijalarning samalari monitoringi va hisobotini yuritish, shuningdek ustuvor vazifalarga erishish uchun natijalarni jadallashtirish maqsadida strategiyalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirdilar.
Markaziy Osiye mamlakatlari aholisining asosiy qismi yoshlarni tashkil qilganligi bois, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining talabalariga mazkur tadbirda faol ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
BMT GJBning hamkorligida 2019 yilning bahor faslida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, qonunlarga itoat qilish madaniyatini ilgari surish, jinoyatchilik va giyohvand moddalar iste’molini oldini olish, odam savdosi, terrorizm, korrupsiyaga qarshi kurashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan BMTning Toshkentlik halqaro modeli (TIMUN) tashabbusini amalga oshirish uchun jalb qilingan talabalar 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi kun tartibidagi masala muhokamasida ishtirok etdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter