Toshkentda biryo‘la besh mashina o‘zaro to‘qnashib ketdi

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida, «Pushkin» metro bekati yaqinida oraliq masofani saqlamaslik oqibatida besh avtomashina o‘zaro to‘qnashdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
Bular:
1) «Captiva»;
2) «Vaz-2106»;
3) «Lacetti»;
4) «Cobalt»;
5) «Spark» rusumli avtomobillardir.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter