Toshkentda besh nafar talabaning murdasi topildi
Joriy yil 27-fevral kuni soat 20:50 larda Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod ko‘chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda Inha universiteti 1-bosqich talabasi S.X.,lar murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter