Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogiga start berildi

Bugun, 25-aprel kuni Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi.
Bellashuvlarda 26 mamlakatdan kelgan 100 nafardan ziyod sportchi o‘z mahoratini namoyish etadi.
Dasturga ko‘ra, bugun saralash bosqichi va tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ertadan sportchilar medallar uchun kurashni boshlashadi.
Musobaqada quyidagi gimnastikachilarimiz ishtirok etishmoqda:
Yakkalik bahslar:
- Taxmina Ikromova;
- Anastasiya Saranseva.
Guruh mashqlari:
- Evelina Atalyans;
- Maftuna Zoirova;
- Adelya Fayzulina;
- Mumtozabonu Is’hoqzoda;
- Amaliya Mamedova;
- Irodaxon Sodiqova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter