Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayrim yo‘llar mart oyi oxirigacha yopiladi

Toshkentda ayrim yo‘llar mart oyi oxirigacha yopiladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi ayrim yo‘llarda mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab «Qorasuv» kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi.

Shu sababli, O‘sh ko‘chasi «Do‘stlik» madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq joriy yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring