Toshkentda ayolning o‘ziga o‘t qo‘ygani sababi ma’lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol ustiga benzin sepib o‘zini yoqib yuborganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 2 may kuni taxminan soat 10-00 larda Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasidagi savdo do‘konlaridan birining oldida, 1981 yilda tug‘ilgan D.Q. bir nechta fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashgan. So‘ngra o‘zaro kelisha olmay janjallashib, o‘zini noodatiy tutgan holda norozichilik bildirib, yonida bo‘lgan yelim idishdagi benzinni ustiga quyib, o‘zini-o‘zi yoqib yuborgan. Natijada, ayol «yuzi, ikkala qo‘llari, tanasi oldi qismining 35 % termik kuyishi« tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, o‘tkazilgan birlamchi surishtiruv davomida, D.Q. bundan oldin ham fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashib janjallashganligi hamda bir necha marotaba o‘zini yoqish holatlarini sodir etishga harakat qilganligi, biroq xodimlar tomonidan buning oldi olinganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter