Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yarim tunda ayol chaqalog‘i bilan qutqarib qolindi

Toshkentda yarim tunda ayol chaqalog‘i bilan qutqarib qolindi

Bo‘zsuv kanali hududida xizmat qilayotgan ikki nafar IIO xodimi ayol bolasi bilan suvga sakraganini ko‘rib qolishadi. Oddiy askar Elnur Kaliqulov darhol suvga sakrab, avval chaqaloqni, so‘ng ayolni qutqaradi.

Hodisa 25 aprel kuni soat 23:00 atrofida Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayol va uning bolasi kasalxonaga yotqizilgan. U yerda birinchi tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, 20 yoshli buxorolik ayol turmush o‘rtog‘i tashlab ketgani sabab hayot qiyinchiliklarini boshdan kechirib, o‘zi va farzandi joniga qasd qilishga uringan.

Ayni paytda ayol bilan psixologlar ishlamoqda. Uning bir yoshga ham to‘lmagan o‘g‘li vaqtincha Mehribonlik uyidagi chaqalaqlar bo‘limiga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring