Toshkentda avval berkitilgan yana ikkita ko‘cha ochiladi
Poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida Amir Temur xiyobonidan («Ugolok» kafesi) to Zarafshon ko‘chasigacha va Sharof Rashidov ko‘chasidan to Matbuotchilar («Poytaxt» savdo majmuasi) ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha transport harakati uchun yo‘l ochiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Shunday qilib, endi Zarafshon restoranidan to‘g‘ri Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘liga qo‘shilib ketish imkoni bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter