Toshkentda avtobusga urilgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi va Lacetti to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 15 iyun kuni soat 08:30 larda Sultoniya ko‘chasida sodir bo‘lgan. I.S. (1978 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Isuzu avtobusi hamda I.M. (1991 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti to‘qnashgan.
YTH oqibatida tan jarohatlari olgan Lacetti haydovchisi tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter