Toshkentda avtobus va yengil avtomobil haydovchilari o‘rtasida janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Aviasozlar» bekatida avtobus va yengil avtotransport haydovchilari o‘zaro tortishayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, «Toshshahartransxizmat» Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat «5-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi, «SAZ LE-60» rusumli 106-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi T.D. hamda litsenziyasiz yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yengil avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 106-sonli avtobus haydovchisi «Aviasozlar» bekatiga yetib kelganida bekat yengil avtotransport vositalari bilan to‘liq band qilingani sababli yo‘lovchilarni yo‘lning harakat qismida tushirishga majbur bo‘lingan.
Shu munosabat bilan, bekatda ushbu qoidabuzarliklarni sodir etayotgan yengil avtotransport vositalari haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter