Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avia-operatorlar ushlandi

Toshkentda avia-operatorlar ushlandi

Tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan moddiy javobgar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «E-E.» MChJning moddiy javobgar shaxslari bo‘lgan avia-operatorlari aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so‘m va 58,7 ming AQSh dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishib, jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan MChJning moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring