Toshkentda 8500 AQSh dollarini 68 mln. 850 ming so‘mga sotayotgan sarroflar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida tunggi vaqtda o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida fuqarolar Sh.B. hamda P.X. xaridorga 8500 AQSh dollarini «qora bozor» kursida 8100 so‘mdan hisoblab, jami 68 mln. 850 ming so‘mga sotishayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, tezkor tadbir qo‘mitaning Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan. navbatdagi davomida ana shunday shaxslarning qing‘ir qilmishi fosh qilindi. Ashyoviy dalil sifatida olingan 8500 AQSh dollari ushbu holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. «Tekshiruv jarayonlari davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter