Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 8 yoshli qizga nisbatan nobop harakatlar qilgan erkak ushlandi

Toshkentda 8 yoshli qizga nisbatan nobop harakatlar qilgan erkak ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizni qarshiligiga qaramasdan uyatsiz-buzuq harakat sodir etganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatni Toshkent shahar IIBB o‘rganib, rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8-avgust kuni taxminan soat 18:30 larda 1960 yilda tug‘ilgan M.I., Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi («O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring