Toshkentda 58 yoshli kishi metro yo‘liga tushib ketdi (video)
Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatida 58 yoshli fuqaro ehtiyotsizligi sabab poyezd yo‘liga yiqilib tushdi. Metropoliten matbuot xizmati holat qanday sodir bo‘lgani tasvirlangan videolarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, «Olmazor» bekatida fuqaro O.Z. (1964 yilda tug‘ilgan) metro vagoniga tezroq kirish uchun shoshilib borayotgan vaqtida ehtiyotkorsizligi sabab harakatlanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan poyezd yo‘liga tushib ketgan.
Metropoliten xodimlari hamda yo‘lovchilarning tezkorligi sabab fuqaro hech qanday tan jarohatlarsiz, zudlik bilan poyezd yo‘lidan qutqarib olingan.
«Hurmatli metro yo‘lovchilari, bekat platformalarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda, shoshilmasdan, o‘z hayotingizni xavfga qo‘ymagan holda harakatlanishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter